08:45. AQSh prezidenti Jo Baydenning bayonotini hamma kutmoqda. Ammo hozircha bu haqda xabar yo‘q. 08:23. Qatarning Doha shahrida Afg‘oniston Islom Amirliklari deputati Mulla Barodar Oxund bugun Hamas siyosiy idorasi rahbari Ismoil Haniya bilan uchrashdi. 08:10. Kobulda ertalabki hayot. Qizlar odatdagidek maktabga ketishyapti. 08:05. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish tolibonlarni inson huquqlarini poymol qilmaslikka chaqirdi. Ayni paytda BMT afg‘on xalqiga yordam berish taraddudini ko‘ryapti.
Shunchaki ma’lumot uchun, kecha Hindistonda mustaqillik kuni edi. Bugun esa Navro‘z, hindcha yangi yil boshlandi. 09:32. Ko‘plab tolibonlar ertalabdan Kobul shahriga kirib kelishmoqda. 09:22. Ijtimoiy tarmoqda 1973 yil Kobulda olingan surat tarqaldi. 09:14. Tolibonlar prezident saroyini egallagach, urush tugaganini e’lon qilishdi. Bundan buyon fuqarolar bexavotir yashashlari mumkinligi aytilmoqda. 09:02. Oq uy yonida afg‘on fuqarolari namoyish bilan chiqishdi. Ular tolibonlar hokimiyatiga qarshiligini ko‘rsatishmoqda.
Falastinning «Hamas» harakati tolibonlarning hukukmatni egallagani va AQSh askarlarini quvib chiqargani bilan «Tolibon»ni tabrikladi. Ertalab ikkala harakat rahbarlari Dohada uchrashgani haqida yozgandik. 18:05. AQSh prezidenti Jo Bayden yaqin soatlar ichida Amerika qo‘shinining mag‘lubiyati va tolibonlar hukumatiga oid bayonot berishi kutilyapti. 17:58.
07:24. Afg‘oniston hukumatining ag‘darilishida AQSh amaldorlari Jo Baydenni aybdor qilmoqda. Masalan, Kongress vakillik palatasining qurollik kuchlar bo‘yicha qo‘mitasining katta respublikachisi Mayk Rojers Jo Bayden va vitse-prezident Kamola Harrisni «boshqaruvdagi tarixiy no‘noqlik» deb atadi. 07:22. Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha onlayn translyasiyani davom ettiramiz. Bizdan uzoqlashmang, bugun yanada qiziqarli bo‘ladi. Bugungi onlayn translyasiyamiz shu yerda vaqtincha to‘xtatiladi. Voqealar rivojini ertalab davom ettiramiz...
Ko‘pchilikda sun’iy yo‘ldosh antennasi bor. Ammo ayrim dasturlarda o‘zgarishlar kuzatilgan: ko‘ngilochar ko‘rsatuvlar o‘rniga diniy dasturlar qo‘yilmoqda. 21:30. Buyuk Britaniya «Tolibon»ga qarshi sanksiya kiritish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin, deya ma’lum qildi mamlakat tashqi ishlar vaziri Dominik Raar. 21:22. «Rossiya hozircha toliblarning ayollarga nisbatan yomon munosatini ko‘rmadi, Kobulda qizlar maktabi ish boshladi. G‘ani hukumatidan ko‘ra tolibonlar haqida odamlarning fikri ijobiy», demoqda Rossiyaning Afg‘onistondagi elchisi Dmitriy Jirnov.
Afg'oniston: ichkari va tashqaridagi voqealar xronikasi
Ular aholini vahima qilmaslikka chaqirgani aytiladi. 07:31. Nyu-Yorkdagi afg‘on diasporasi tolibonlarga qarshi namoyish qilishdi. Mitingchilar qo‘lida Afg‘oniston bayrog‘i bilan «Tolibon»ni to‘xtating», «Afg‘onlarni o‘ldirishni to‘xtating» deb yozilgan plakatlar ko‘tarib chiqishdi. 07:28. Pentagon Kobuldagi AQSh qo‘shinini ko‘chirishga yordam berish uchun qo‘shimcha mingta askar yubordi. 07:26. Finlandiya Kobuldagi elchixonasini yopdi. Tashqi ishlar vaziriga ko‘ra, vaziyat bunchalik tez o‘zgarib ketishini kutishmagan (buni tolibonlar ham kutishmagandir). Diplomatik vakillar evakuatsiya qilindi.
Onlayn translatsiya- REALFC.NET